BITIKCHI
BITIKCHI — o’rta asrlarda xon va mahalliy hokimlarning barcha yozuv ishlarini olib boruvchi mansabdor. Bitikchi so’zi shu ma’noda 10-11-asrlardan buen ma’lum. Chingizxon zamenila yorguchi huzuridagi kotib bo’lib, xonlarning nasabnomasi va muhim kundalik axborot yoziladigan «Oltin daftar»i uning qo’lida saqlangan. Bitikchi savodli, nasabli kishilardan tayinlangan. Qadimgi Sug’diyonada, Saljuqiylar, Gaznaviylar va Xorazmshohlar davrida bu lavozim egasi Dabir, keyinchalik Jsiunshim, 19-asrda O’rta Osiyo xonliklarida esa Mirzo, mirzoboshi deb yuritilgan.