BITINIYALAR
BITINIYALAR (Bithynia) chuchuk suvlarda yashovchi oddjabrali mollyuskalar urug’i. Chig’anog’ining balandligi 15 santimetrgacha, tuxumsimon yoki oval konussimon, silliq, ba’zan spiral shaklda. 20 ga yaqin turi ma’lum. Bitiniyalar Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan, shimoliy Amerikada ham uchraydi. Oqmaydigan va tinch oqadigan suvlardagi o’simliklar va toshlarning ustida, suv tubidagi loyda yashaydi. Ayrim turlari parazit chuvalchanglar, asosan so’rg’ichlilarning oraliq xo’jayini, masalan, V. Leachi odam va umurtqali hayvonlar paraziti — mushuk ikki so’rg’ichlisining oraliq xo’jayini hisoblanadi. O’zbekistondagi suv havzalarida Bitiniyalarning bir necha turi tarqalgan.