BIHISTUN (BIHISHTUN) KITOBALARI

BIHISTUN (BIHISHTUN) KITOBALARI, Besutun katibalari — Doro topshirig’iga muvofiq Hamadon viloyatidagi Kirmon shahri yaqinida qoyaga bitilgan yozuv va tasvirlar. U bitta katta va bir necha mayda kitobalardan iborat. Bihishtun (Bihishtun) kitobalari mixxat bilan qadimgi forsiy, elamiy hamda bobuliy yozuvda bitilgan. Bihishtun (Bihishtun) kitobalarini sharqshunos G. Raulinson o’rganib, ko’chirib, tarjima qilgach, ilm olamiga ma’lum bo’ldi (1845-47). Shundan so’ng Sharqning qadimgi boshqa mixxatlarini o’qish uchun kalit vujudga keldi. Bihishtun (Bihishtun) kitobalarida Axomaniylar sulolasining shoxi Kir II vafotidan keyingi tarixiy voqealar bayon etiladi. Doro I taxtni egallagandan sung unga qarshi isyon ko’tariladi. Doro ularni qattiqqo’llik bilan bostiradi. Ana shu g’alabalari sharafiga u tosh yunuvchilarga yozuv va tasvir yaratishni buyuradi. Tasvirda qad. sug’dlar, massagetlar, shak va boshqa elatlarning madaniyati, kiyim-kechagi, yuz tuzilishi, turmush tarzi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bitik Doro tilidan bayon etilgan, bunda axomaniylargacha o’tgan uning barcha ajdodlari sanab o’tiladi. Fors, Elam, Bobil, Ashshur, Misr, Lidiya va Amu buyidagi yurtlar nomi keltiriladi. Axomaniylar tasarrufidagi to’qqiz shaharda ko’tarilgan isyon tafeiloti bayon etiladi. Bihishtun (Bihishtun) kitobalari Yaqin va O’rta Sharqxamda Movarounnahr xalqlari tarixi, madaniyati, etnografiyasi, yozuv tarixini o’rganishda noyob yodgorlikdir.