O’SH VILOYATI
O’SH VILOYATI — Qirg’iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1939 yil 21 noyabrda tashkil qilingan. O’sh viloyati respublikaning Janubiy g’arbiy qismida joylashgan. Janubiy sharqida Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 29,2 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1176 ming kishi (1999), asosan, qirg’izlar va o’zbeklar, shuningdek, rus, tatar, ukrain, tojik va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 480 ming kishidan ziyod. Yirik shaharlari: Qizilqiya, Sulukta, Qorasuv, O’zgan. 10 ma’muriy tumanga bo’lingan, 5 shahar, 7 shaharcha bor. Markazi — O’sh shahri. Viloyat hududi Tyanshan va Pomir — Olay tog’larida joylashgan. Shimol G’arb, shimol va shimoli sharqida Chatqol, Piskom, Talas Olatovi tizmalari, Susamirtov va boshqalar, sharqida Farg’ona tizmasi (tizmalar orasida yirik tog’lararo botiqlar: Chatqol botig’i — balandligi 750— 1000 metr, Ketmontepa botig’i — balandligi 750— 1000 metr) bor. Janubiy da Turkiston, Orqa olay tizmalari (O’sh viloyatining eng baland joyi — 7134 metr) qadimiy ko’targan. Farg’ona vodiysi atroflari adir va tog’ etaklaridan iborat. Foydali qazilmalari: toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir, neft, enuvchi slaneslar, tabiiy gaz, surma, simob, qo’rg’oshin ru- dalari, volfram, tosh tuzi, qurilish materiallari va boshqalar iqlimi kontinental, quruq. 500 metrdan 1000-1100 metrgacha balandlikda yanvarning o’rtacha temperaturasi -3°, iyulniki 24 — 27°. Vegetatsiya davri 210-215 kun. Shu balandliklarda viloyatning asosiy obikor vohalari joylashgan. 2000-3000 metr balandlikda iyulning o’rtacha temperaturasi 11-18°, qishi sovuq va davomli. Yillik yog’in 400-600 millimetr (Farg’ona tizmasining g’arbiy yon bag’rida 900 millimetrgacha). 3000 metrdan balandda iqlim anchagina sovuq (iyulning o’rtacha temperaturasi 10°dan past), yil bo’yi sovuqsiz kunlar kam. Eng yirik daryolari: Norin va Qoradaryo. Sarichelak ko’li, To’xtag’ul, Papan suv omborlari bor. Tog’larda 1500 metr balandlikkacha bo’z tuproqlarda quruq tog’ dashtlari, undan yuqorida o’tloq dashtlar tarqalgan. Chatqol va Farg’ona tizmalarida yong’oqzor mevazor o’rmonlar uchraydi. Yovvoyi mevali daraxtlardan yong’oq, olma, pista, bodom, olcha, do’lana, zirk o’sadi. Olay va Turkiston tizmalarida archa o’rmonlari bor. 3000-4000 metr balandliklarda — tog’ o’tloqi tuproqlarda subalp va Alp o’tloqlari mavjud. Ulardan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yong’oqzor mevazor o’rmonlarda tulki, bo’ri, bo’rsiq, oq sichqon, qo’ng’ir ayiq, qobon, elik, jayra; baland tog’larda tog’ echkisi, qor qoploni yashaydi. O’sh viloyati da sarichelak qo’riqxonasi joylashgan. Qirg’iziston Respublikasida qazib olinadigan neft va gaz, ko’mirning asosiy qismini O’sh viloyati beradi. Rangli metallurgiya, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari, ip va ipak yigiruv, paxta tozalash, go’sht korxonalari bor. O’sh viloyati tog’-yaylov chorvachiligining muhim rayoni. G’alla (shu jumladan, sholi), paxta, arpa, tamaki ekiladi. Farg’ona atrofidagi vodiylarda bog’dorchilik (o’rik, olma, behi) va tokchilik rivojlangan. Tog’larda yaylov chorvachiligi mavjud. Asosiy tarmog’i — go’shtjun qo’ychiligi. Qoramolchilik sug’orib dehqonchilik qilinadigan tumanlarda, olay vodiysida qo’toslar, shuningdek, qoramol, qo’y va echki, yilqi boqiladi. Parrandachilik hamda ipakchilik sohalari rivojlanmoqda. Avtomobil — asosiy transport turi. Muhim avtomobil yo’llari: O’sh—Bishkek, O’sh—Toshkent, O’sh—Xorug’, O’sh—Qorasuv—O’zgan— Qorag’ulja, O’sh — Qizilqiya — Isfana, O’sh — Aravon. Temir yo’l transporti muhim ahamiyatga ega. Pedagogika inti, tarixiy-madaniy muzey-qo’riqxona, 2 drama teatri, kurort va sanatoriylar bor. Turizm rivojlangan.