BOSHLANG’ICH URUG’CHILIK
BOSHLANG’ICH URUG’CHILIK — yangi hamda rayonlashtirilgan ekin navlari va duragaylari urug’larining navdorlik va mahsuldorlik sifatlarini saqlab qolgan holda yalpi ko’paytirish. Istiqbolli yangi navlar elitasi navni dastlabki ko’paytirish urug’chilik xo’jaliklarida, rayonlashtirilgan navlar elitasi ixtisoslashtirilgan elita urug’chilik xo’jaliklarida yetishtiriladi. Yangi va rayonlashtirilgan navlar dastlabki ko’paytirish ustidan mualliflik nazoratini selektsiya muassasalari — orginatorlar olib boradi. Ekin turiga ko’ra (donli, moyli, texnika, yem-xashak va boshqalar) ekinlarni tashkil etishda turli sxemalar qabul qilingan. Masalan, g’o’za urug’chiligi sxemasida Boshlang’ich urug’chilik bosqichi 1 yilgi urug’lik ko’chatzori (superelita) va 2 yilgi urug’lik ko’chatzori (elita)ni o’z ichiga oladi.