BOSHLANG’ICH FUNKTSIYA

BOSHLANG’ICH FUNKTSIYA — berilgan f(x) funktsiyaning F'(x)=f (x) tenglik bajariladigan G'(x) funktsiyasi. Boshlang’ich funktsiya ko’p qiymatli funktsiya. Boshlang’ich funktsiyani izlash differentsiyalash amaliga teskari amaldir. G'(x) uchun cheksiz ko’p Boshlang’ich funktsiya mavjud, ammo ulardan istalgan ikkitasi bir-biridan o’zgarmas qo’shiluvchi bilan farq qiladi. Barcha Boshlang’ich funktsiyalar to’plami f(x) funktsiyadan olingan aniqmas integral deyiladi. Bu to’plam G'(x)=G'(x)+S formula bilan ifodalanadi; bunda G'(x) — biror Boshlang’ich funktsiya, S — ixtiyoriy o’zgarmas. Masalan, x3 funktsiya ZX2 uchun Boshlang’ich funktsiyadir. ZX2 ning hamma Boshlang’ich funktsiyalari x3+S ko’rinishda yoziladi (bu misolda interval ixtiyoriy).