BOSHTUTSOY

BOSHTUTSOY — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Baxiltog’ning Janub yon bag’ridan, 1600 metr balandlikdan Oqqoyasoy nomi bilan boshlanadi. Boshtutsoy dastlabki 5 kilometrda Janubi g’arbga, keyin shimoli g’arbga oqib Bo’baksoyga quyiladi. Uzunligi 21 kilometr, havzasining maydoni 40 kilometr kvadrat. Yog’ingarchilik paytidagina suv oqadi, boshqa vaqtlarda esa u yerning yerida buloqlar sizib turadi.