BOLALAR FOLKLORI

BOLALAR FOLKLORI — og’zaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. O’zbek Bolalar Folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar o’yin qo’shiqlari, erkalama, masxaralama va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bolalar Folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, o’iiniga, qo’shig’iga moslangan bo’ladi. O’zbekistonda Bolalar Folklori namunalari to’plam holida 1932 yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yo’g’rilgan bo’lib, ularda go’dakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit o’z ifodasini topadi. Bolani belash, o’tqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, o’ynatish va ovutishlarda «Toytoy», «Bordibordi» va boshqa ovutmachoqlar aytiladi. Bolalar qo’shiqlarining ko’plari yil fasllari bilan bog’liq. «Boychechak», «Oftob chiqtsi olamga», «Chittigul», «Laylak keldi, yoz bo’ldi», «Qurbaqa», «Qaldirg’och» kabi qo’shiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq ko’chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg’ir yog’ishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bog’liq. «Bu bog’chada olicha», «Zuvzuv borag’on», «Chamandagul», «Oq sholi, ko’k sholi» va boshqa qo’shiqlar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san’at bilan bog’liq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. O’yinlar ham, qo’shiqlar ham bolalarning aqliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uyg’otadi. O’yinlar Bolalar Folklorining murakkab turi bo’lib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. O’yinlarni kichik yoshdagi bolalar «Choriy chambar», «Hakkalakam» kabi sanama o’yinidan, katta bolalar «Qushim boshi» degan topishmoqdan boshlaydi. Bolalar bog’chalari, maktablarda o’yinlardan keng foydalaniladi. Bolalar Folklori yosh avlodni intizomli, Jasur, qat’iyatli, qiyinchiliklarni engishga, o’rtoqlariga yordam berishga tayyor bo’lish singari yaxshi sifatlarga ega bo’lib o’sishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va o’qish kitoblariga kiritilgan. Ad.: Jahongirov F., O’zbek bolalar folklori, T., 1975; O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi, T., 1980; Safarov O., O’zbek bolalar poetik folklori, T., 1985.