BRETAN
BRETAN — Frantsiya shimoli g’arbidagi yarim orol. Maydoni 35 ming kilometr kvadrat, uzunligi 200 kilometr. Qirg’oqlari tik, kuchli yemirilgan. Yer yuzasi sertepa tekislik, balandligi 384 metrgacha (Armorikan qiri). O’rtacha yillik yog’in 800-1200 millimetr. Dub, qoraqayin o’rmonlari bor. Vereska chakalakzorlari, torfli yerlar keng tarqalgan. Sabzavotchilik, go’shtsut chorvachiligi rivojlangan, baliq ovlanadi. Yirik port shaharlari — Nant va Brest.
BRETAN — Frantsiyaning g’arbiy qismidagi tarixiy viloyat. Brest hududida Finister, Kotdyunor, Morbian, Il va Vilen, qisman Atlantika Luarasi (quyi Luara) departamentlari bor. 27,2 ming kilometr kvadrat. Aholisi 2,8 million kishi (1992). Bosh shahri — Ren. 9-asr o’rtalaridan gersoglik. 12-asr 2-yarmi — 13-asrda Angliya, so’ngra Frantsiya qirollarining vassali. 1491 yildan Frantsiya bilan shaxsiy uniya (ittifoq) da. 1532 yilda Frantsiyaga qo’shib olingan. 1790 yilgacha provintsiya maqomida bo’lgan.