BRIGS (BRIGGS) GENRI

BRIGS (BRIGGS) GENRI (1561-1630. 26.1) — ingliz matematigi, Oksford universiteti prof. (1619). Birinchi o’nli logarifmlar (1 dan 1000 gacha bo’lgan sonlar uchun 8 qiymatli logarifmlar, 1 dan 20000 gacha hamda 90000 dan 100000 gacha bo’lgan sonlar uchun 14 qiymatli logarifmlar) jadvalini tuzgan (1617 va 1624 yilda e’lon qilgan). Brigsning trigonometrik funktsiyalar logarifmlari jadvallari nashr etilgan (1633).