«BRITISH PETROLEUM»

«BRITISH PETROLEUM» (British Petroleum) — Buyuk Britaniyadagi eng yirik neft monopoliyalaridan biri. 1909 yilda tashkil etilgan. 38% aktsiyasi davlatniki. AQSh (Alyaska) (60%) va Shimoliy dengizdan (40%) neft qazib oladi, 25 mamlakatda neftni qayta ishlaydigan korxonalari bor. G’arbiy Yevropaning bir nechta mamlakatlari hududidan o’tgan yirik neft quvurlarining egasi. Monopoliya yiliga 77,5 million tonna neft qazib oladi, 96,2 million tonna neftni qayta ishlaydi. Keyingi vaqtlarda «British Petroleum» kimyo korxonalarini rivojlantirish uchun katta mablag’ sarf qilayotir. Yillik savdo hajmi 46,2 milliard dollar, sof foydasi 2,2 milliard dollar.