BROMGEKSIN

BROMGEKSIN (Bromhexinum) — balg’amni suyultirib, ko’chishini tezlashtiradigan dori; yo’talga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Tabletka holida chiqariladi. O’tkir va surunkali bronxit, o’pka sili, bronxiol astma, zotiljam va boshqa yo’tal bilan kechadigan shamollash kasalliklarida qo’llaniladi. Faqat vrach buyurganda ichiladi.