BURA

BURA (Arabcha, Burak — selitra), tanakor — mineral. Natriy tetraborati Na, B4O7. 10N2O, tetraborat kislotasi natriyli tuzining kristallogidrati. Monoklin singoniyali. Prizma va mayda donachalar holida uchraydi. Rangi oq, kulrang, sarg’ish, rangsiz. Yaltiroqligi shishasimon, mumsimon. Qattiqligi 2-2,5, sof og’irligi 1,7 suvda yomon eriydi. Bura bor elementi mavjud bo’lgan quriyotgan sho’r ko’llarda, balchiqli vulkan mahsulotlarida hosil bo’ladi. Bura O’zbekistondagi tuz konlarining barchasida uchraydi. Yirik uyumlari AQSh, Argentina, Tibet, Kashmir, Kerchda topilgan. Bura qishloq xo’jaligida mikro o’g’it sifatida, shuningdek metallarni kavsharlash, maxsus shisha navini tayyorlashda, qog’oz sanoatida, ko’nchilikda, bor kislotasi va tuzlarini olishda ishlatiladi. Bura tibbiyot preparati.