BURGANDINSKOGO

BURGANDINSKOGO — Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi soy (eski kanal). Qorasuv (Toshkent kanali) dan suv olib, ilgari Ohangaron daryosiga quyilgan, hozir Tuyabo’g’iz suv ombori (Toshkent dengizi) ga quyiladi. Uzunligi 7 kilometr. Burgandinskogo suvidan sugorishda foydalaniladi, uning o’zaniga sizot suvlar, ortiqcha (oqova) suvlar ham qo’shiladi. O’rtacha yillik suv sarfi 0,57 m3/sek. Burgandinskogoda ekinlarni sug’orish davri (iyun — avgust) da o’rtacha 1,2m3/sek suv oqadi. Sug’orishda Burgandinskogoning ahamiyati yildan-yilga kamayib bormoqda.