BURCHAK O’LCHAGICH
BURCHAK O’LCHAGICH — mashina detallari, keskich va o’lchov asboblarining ikki tekisligi orasidagi burchakni o’lchaydigan asbob. Nonius (qo’shimcha shkala) li va optik xillari bor. Noniusli Burchak o’lchagich 0° dan 120°gacha darajalarga bo’lingan yarim doira 2, qo’zg’almas chizg’ich, vintli o’q 8 da aylanadigan chizgich 6 dan iborat. Harakatlanuvchi chizg’ichga yarim doira aylanasida sirpanuvchi nonius 5 mahkamlangan. Mahkamlagichlar 3 va 4 yordamida noniusli chizg’ich kerakli vaziyatda mahkamlanadi. 90°dan 180° gacha burchaklarni o’lchash uchun tekshirilayotgan buyumning o’lchanayotgan burchagi tekisligiga chizg’ich 1 va 6 lar to’g’rilanadi. Burchakning kattaligi yarim doyra va nonius shkalalaridan aniqlanadi. 0° dan 90° gacha burchaklarni o’lchash uchun harakatlanuvchi chizg’ich 6 ga qo’shimcha burchaklik kiygiziladi. Bu holda o’lchanayotgan burchak tekisligiga qo’zg’almas chizgich bilan burchaklik 7 ning tomonlari to’g’rilanadi. Optik Burchak o’lchagich (mas, o’lchash mikroskoplari) da burchak geometrik optika qonun-qoidalariga asoslanib o’lchanadi. Burchaklarni o’lchashda adilak, kvadrant, proektor, transportir kabi asboblardan ham foydalaniladi. burchak kattaliklarini ifodalaydigan birliklar. Asosiy yassi burchak o’lchov birligi — gradus. Kichikroq burchaklar gradus ulushlari — minut (1/60 gradus) va sekund (1/3600 gradus) da o’lchanadi. Osmon jismlarining holatlari va harakatlarini kuzatishda, hayotiy va texnik masalalarni hal qilishda Burchak o’lchagich boshqalardan foydalaniladi. Burchakni o’lchash bo’yicha alohida soha, ya’ni trigonometriya fani bo’lmagan davrgacha burchak o’lchashga tegishli ma’lumotlar astronomiya zijlarida berilar edi. Matematika va astronomiya tarixidan 13-15- asrlarda yuzga yaqin Zij yaratilganligi ma’lum. Zijlar orasida Muhammad Muso Xorazmiy Ziji o’rta asr sharqida yaratilgan eng qadimgi Zij hisoblanadi. Xorazmiyning zijida oltmishli sanoq tizimida bir darajadan oralatib berilgan sinuslar jadvali va bitta kasr belgisi bo’lgan kotangenslar jadvali bor. Yassi burchaklarni o’lchash birligi sifatida radian ham qabul qilingan (masalan, 30° li burchak ts/6 radianga teng). Burchak tezligi sekundga radian (rad/s) da, fazoviy burchak stereadin (sr)da o’lchanadi.