BURCHMULLA ZILZILASI
BURCHMULLA ZILZILASI — 1959 yil 24 oktabrda soat 23 dan 40 minut o’tganda sodir bo’lgan. Zilzila kuchi episentrda 8 ball, Toshkentda 5 ball. Magnitudasi M=5,8, episentr 13 kilometr chuqurlikda joylashgan. Burchmulla zilzilasi o’chog’idan tarqalgan kuchli seysmik to’lqinlar Burchmulla, Obirahmat, Yusufxona, Bog’iston va Nanay qishloqlaridagi maktab, kasalxona, bolalar bog’chalari, dam olish uylarini qattiq shikastlantirgan. Yerda yoriqlar paydo bo’lib, tog’lardan ko’chgan tosh, shag’allar yo’llarni to’sib qo’ygan. 60 kun davomida silkinishlar (5-6 ball) qaytarilib turgan. Bu davrda kup turar joylar vayron bo’ldi. Zilzila oqibatlarini o’rganish natijasida uning o’chog’i Piskom seysmogen yer yoriqlari zonasida joylashganligi aniqpangan. Qayta zilzila silkinishlari ichida eng kuchlisi (6 ball) 25 va 28 oktabrda sodir bo’ldi. Bu zilzilalar episentrlari Chorvoq suv ombori ostida joylashgan.