BURCHOQ
BURCHOQ (Lathyrus sativus L.) — dukkakdoshlarga mansub bir yillik o’simlik. Poyasi 4 qirrali, bargi juft patsimon, murakkab, gullari zangori, pushti, qizil, binafsha. Dukkaklari uzunchoq va bir oz yassi, 4-7 urug’li. O’zbekiston hududida yovvoyi holda ham o’sadigan 12 turi ko’p uchraydi. Burchoq asosan yem-xashak ekini bo’lib, don, ko’kpoya, pichan olish va silos bostirish hamda chorvani o’tlatish uchun ekiladi. Uning donlarida oqsil moddasi no’xat va o’ris no’xatga nisbatan ko’p bo’ladi. Urug’ida 2430% oqsil, 0,81,5% moy, 5055% kraxmal, 3-6% kletchatka, 2,1 — 4% kul bor. Burchoq juda to’yimli ozuqa. Tuproqda azot to’plovchi o’simlik. Rossiyaning Yevropa qismida, G’arbiy Sibirda, Ukraina Janubda, Qozog’istonda ekiladi. Gektaridan 35-50 tsentner don, 100 tsentner to’pon (somon) beradi. Ko’k o’t hosili 300 tsentner atrofida.