BURG’ILASH BOLG’ASI

BURG’ILASH BOLG’ASI – shpurlar (ba’zan, quduqlar) burg’ilashda va sun’iy qoplamalar (asfalt, beton) ni buzishda ishlatiladigan zarbiy (pnevmatik) mashina. Ba’zan dvigateli benzin bilan ishlaydigan motoperforatorlar ishlatiladi. Dastaki (massasi 10— 30 kilogramm), kolonkali (massasi 50-70 kilogramm, burg’ilash karetkasi yoki avtouzatkichli kolonkalarga o’rnatiladi); teleskopli (massasi 30-50 kilogrammli, yuqoriga yo’nalgan shpurlarni burg’ilaydi) xillari bor. Titrash va shovkinning zararli ta’sirini kamaytirish uchun ularni so’ndiruvchi moslamalardan foydalaniladi.