BURHON MIRZO

BURHON MIRZO (?-1549) Shirvon viloyatida Safaviylar hukmronligiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon (1547-49) rahbari; 1538 yil Safaviylar taxtdan ag’dargan shirvotioxlar sulolasiga mansub. Burhon Mirzo shoh Tahmasp I ning Shirvon noibi Alqas Mirzoga qarshi olib borayotgan kurashi hamda Eron bilan Turkiya o’rtasida urush boshlanganidan foydalanib qo’zg’olon ko’targan (1547) va o’zini Shirvonshoh deb e’lon qilgan. Qo’zg’olonda asosan dehqonlar ishtirok etgan. Burhon Mirzo qo’zg’olonga qadar Turkiya bilan til biriktirgan bo’lib, uning madadiga tayangan. Ammo, qo’zg’olon Burhon Mirzo vafotidan keyin shafqatsiz bostirilgan.