BUSSENAR
BUSSENAR (Boussenard) Lui Anri (1847.4.10, Eskrenn 1910.11.9, Orlean) — frantsuz yozuvchisi. Bussenar asarlari o’tkir mavzuli bo’lib, geografik, tabiiytarixiy ma’lumotlarga boy hamda insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan. «Avstraliya orqali» (1879), «Gviana robinzonlari» (1882) romanlarida qiziqarli sarguzashtlar ko’p. «Doktor sintez siri» (1888), «Muzliklar orasida o’n ming yil» (1890) ilmiy-fantastik romanlar muallifi. «Suzuvchi Orol» (1898) va «Kalla kesar kapitan» (1901) romanlarida esa ezilgan xalqlar hayoti va qismatiga hamdardlik yaqqol ko’rinadi.