BUSTER

BUSTER (inglizcha booster, boost — bosim, kuchlanishni oshiraman) — yuk ancha ortib ketgan vaqtda asosiy mexanizm yoki mashinaning ta’sir kuchi va tezligini oshiradigan yordamchi qurilma. Aviatsiyada tez uchar samolyotlarni boshqarish zanjiridagi gidravlik, elektrik yoki pnevmatik qurilma; raketa texnikasida —eltuvchi raketa, ko’p bosqichli raketaning birinchi bosqichi, startdagi tezlatkich; elektrotexnikada (eskirgan nomi) — tarmoqdagi elektr kuchlanishini maromlash uchun tarmoqqa ulanadigan qo’shimcha elektr toki manbai yoki transformator.