BUTADIEN STIROL KAUCHUKLAR
BUTADIEN STIROL KAUCHUKLAR, divinilstirol kauchuklar — butadien bilan stirolning sopolimerlari. BS. k. monomerlarni suvli emulsiyada 5° (past temperaturali) yoki ~50°da (yuqori temperaturali) sopolimerizatsiyalab olinadi. Ularda bog’langan sterol miqdori 8,23 yoki 45% atrofida bo’ladi. Butadien stirol kauchuklar och sariq rangli birikma bo’lib, aromatik va alifatik uglevodorodlarda eriydi, surkov moylari bilan ta’sirlashadi, ketonlar, suyultirilgan va kontsentrlangan kislotalar ta’siriga chidamli; suvga chidamliligi jihatidan tabiiy kauchukdan yuqori turadi. Butadien stirol kauchuklarni vulkanizatsiyalash uchun asosan oltingugurt ishlatiladi. Tarkibida 8% atrofida bog’langan stirol bo’lgan Butadien stirol kauchuklardan yasalgan rezina elastik va sovuqqa chidamli. Ular avtomobil shinalari, transportyor tasmalari va boshqa narsalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.