BUTADION

BUTADION (Butadionum) — og’riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va yallig’lanishga qarshi dori. Revmatizmning o’tkir va surunkali xili, infektsion poliartrit, podagra, eritema va boshqa kasalliklarga davo qilishda qo’llaniladi. Butadion qabul qilganda ba’zan me’daga noxush ta’sir ko’rsatishi (yara bo’lganda ko’ngil aynishi, og’riq kuchayishi va boshqalar) mumkin.