BUTIFOS, DEF
BUTIFOS, DEF — paxta maydonlarini mashina terimiga tayyorlashda g’o’za barglarini to’kish uchun qo’llanilgan kuchli defoliant. Yuqori temperaturada qaynaydigan och sariq rangli suyuqlik. Yoqimsiz hidli, suvda umuman erimaydi. Moyli eritma va 70% li emulsiyalanuvchi kontsentrat holida ishlatiladi. Defoliant har qanday obhavo sharoitida ham yuqori ta’sir xususiyatiga ega. Preparat kam dozalarda (1,4—3 kg/ga) qo’llanilganiga qaramay, juda zaharli. O’rta Osiyoning paxtachilik mintaqasida 50-80-yillarda keng qo’llanilgan. 1987 yildan O’zbekistonda va boshqa respublikalarda atrof muhitga ko’rsatgan zararli oqibatlari uchun Butifosni g’o’za maydonlarida defoliant sifatida qo’llash man etilgan.