BUXORO—URAL GAZ YO’LI

BUXORO—URAL GAZ YO’LI — yirik gaz magistrali. Rossiyaning Ural sanoat rayoni va G’arbiy Qozog’istonni Buxoro (Gazli rayoni) tabiiy gazi bilan ta’minlash uchun qurilgan. l-yo’li Buxoro — Chelyabinsk o’rtasida (uzunligi 1900 kilometr) 1963 yilda, 2-yo’li Buxoro — Sverdlovsk o’rtasida (uzunligi 2100 kilometr) 1965 yilda ishga tushirilgan. Uning bir qismi (489 kilometr) O’zbekiston hududidan o’tadi. Bu gaz yo’llarida diametri 1020 millimetrli quvurlar yotqizilgan. Gaz yo’li bo’ylab kompressor stansiyalari qurilgan. Undan yiliga 21 milliard metr kub gaz o’tadi. Keyinchalik bu gaz yo’liga Turkmaniston va Qozog’istondagi gaz konlaridan olinadigan yoqilg’ini o’tkazadigan gazoprovodlar tutashtirilgan.