BO’GAJILI

BO’GAJILI, bog’ajeli —Nurota tog’ etaklarida yashovchi o’zbek va turkmanlar tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Ular «olti ota bo’gajili» deb ham atalgan. Bo’gajili o’tmishda — Qo’shtamg’ali, O’rda, yastavon, chasgash, jaman, jayparli kabi bir necha uruqqa bo’lingan. V. Radlov Bo’gajililarni byogyoshyolyu, byugyoshyulyu deb ataydi va 19-asr o’rtalarida Zarafshon vodiysining Markaziy qismi shimolda, Nurota tog’larida yashagan turkmanlar tarkibida uchta urug’: qozoyog’li, qanjig’ali va byogyoshyolyu bo’lganligini, shulardan qanjig’ali va Bo’gajili uysun qabilasiga mansub bo’lib katta O’rda qozoqdari bilan qabiladosh bo’lganlarini qayd etib o’tadi. Ad..Radlov V. V., Iz Sibiri, M., 1989.