BYUFFON
BYUFFON (Buffon) Jorj Lui Leklerk (1707.7.9, Monbar 1788.16.4, Parij) frantsuz tabiatshunosi. Frantsiya akademiyasining a’zosi (1753 yildan). 1739 yildan Parij Botanika bog’ining direktori. 36 jildli (1747-88) asosiy ilmiy asari «Tabiat tarixi»da o’simlik va hayvonot dunyosining birligi haqida fikr yuritadi. Byuffon organizmlarni faqat sistemaga solibgina qolmasdan, yashab turgan muhit bilan birgalikda o’rganish kerak, degan xulosa chiqardi. Geologiya sohasida yerning rivojlanish tarixi haqidagi nazariyani yaratdi («Yer nazariyasi» asari nashr etilgan, 1749).