BYUDJET INDEKSI

BYUDJET INDEKSI — aholining ayrim toifalari iste’mol to’plami (iste’mol savati) ga kiradigan muayyan iste’mol tovarlari narxi va xizmatlar tariflaridagi o’zgarishlarni tavsiflaydigan indeks. Tovarlar narxi va xizmatlar tarifi o’sishi b-ilan bog’liq bo’lgan asosiy iste’mol xarajatlarini, bozor qiymatidagi o’zgarishlarni aks ettiradi. Byudjet indeksi aholi iste’mol qiladigan muayyan tovarlarga va ko’rsatilgan xizmatlarga sarflangan ayni davrdagi xarajatlarni o’tgan (bazis) davrdagi xarajatlarga nisbatan qanday o’zgarganligini ko’rsatadi. Byudjet indeksi aholi farovonligini baholashda eng muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.