CHECHEN TILI
CHECHEN TILI — Kavkaz (iberiykavkaz) tillarining nax guruhiga mansub til. Asosan, Rossiya Federatsiyasining Checheniston (Chechnya), Ingushiya respublikalarida, shuningdek, Qozog’iston, Qirg’iziston, Gruziya va Ukrainada tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 960 ming kishidan ortiq (o’tgan asrning 90-yillari o’rtalari). Chechen tili tekislik va tog’lik lahjalariga, tog’lik lahjalar esa o’z navbatida yana 6 lahjaga bo’linadi. Chechen tili fonetikasi murakkab vokalizm (qisqa, cho’ziq, umlautli sodda unlilar, diftonglar, triftonglar) va konsonantizm (sodda, qo’shaloq, tanglay undoshlari) tizimiga ega. Morfologiyasi agglyutinativflektiv belgilarga ega: unda 6 grammatik sinf, ko’p kelishikli turlanish, fe’lning zamon, mayl, tus kategoriyalari mavjud. Sintaksisi sodda ran turlarining va qo’shma ran yasalishi usullarining xilmaxilligi bilan ajralib turadi. Leksikasida rus, Arab, fors, gruzin, turkiy va boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar anchagina. Yozuvi o’tgan asrning 20-yillarida Arab grafikasi asosida, keyinroq lotin grafikasi asosida yaratilgan. 1938 yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy qilingan.