CHJANGO
CHJANGO (kurashayotgan podsholiklar) — Xitoyda Chjou sulolasi davri (miloddan avvalgi 403-221). Mamlakatda hukmronlik qilish uchun eng yirik podsholiklar o’rtasida kurash kuchaygan. Shuningdek, bu davr mamlakatning tez sur’atlarda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti bilan ajralib turadi. Chjango davrida podsholiklar o’rtasida olib borilgan urushlar Tsin imperiyasining barpo etilishi bilan yakunlangan.