CHIZIQ

CHIZIQ — 1) yozadigan, chizadigan yoki yuqadigan narsalar qoldirgan ingichka iz. Masalan, qalam yoki bo’r bilan chizilganda paydo bo’ladigan yo’l; 2) narsalarning chegarasini, joylashishini yoki borishini ko’rsatuvchi yo’nalish. Masalan, reaktiv samolyot uchganda dvigatelining orqasidan chiqadigan tutun izi; 3) matematikada — sirtning ikki qo’shni sohasidagi umumiy qism. Analitik geometriyada tekislikdagi Chiziq nuqtalarning koordinatalari orasidagi tenglamalar bilan ifodalanadi. To’g’ri burchakli koordinatalar tizimida Chiziq tenglamalarning turiga qarab ajraladi. Agar tenglama G'(x, u)= 0 ko’rinishida bo’lsa, u hodda yatartiblialgebraik egri chiziq deb ataladi (bunda G’hx, u) — x, u ga nisbatan l-darajali ko’phad). 1-tartibli Chiziq to’g’ri chiziq bo’ladi. Konussimon kesim, ellipslar (shu jumladan, aylanalar), giperbolalar va parabolalar 2-tartibli Chiziqlar jumlasiga kiradi. Algebraik bo’lmagan Chiziqlarga misollar: trigonometrik funktsiyalarning grafiklari, logarifmik va giperbolik funktsiyalar, tsikloida, giposikloida, episikloida va koxleoida.