CHILONJIYDADOSHLAR
CHILONJIYDADOSHLAR (Rhumnaseae) — chilonjiydanamolar (Rhumnales) qabilasiga mansub oila. 60 turkumga oid 900 ga yaqin turi bor. Chilonjiydadoshlar yer yuzida juda keng tarqalgan. O’rta Osiyoda tabiiy holda 5 turkumga mansub 8 turi, O’zbekistonda esa 3 turkumga kiradigan 6 turi o’sadi. Hayotiy shakliga ko’ra, buta va past bo’yli daraxtlardan iborat. Barglari butun, yon bargchali, gullari to’g’ri, oq yoki och yashil. Bir yoki ikki jinsli. Kosachasi 4-5 bo’lakli. Gultojibarglari 4 5 ta, changchilari 4-5 ta, ustunchasi 1 ta, tugunchasi ustki, mevasi danakcha. Chilonjiydadoshlarning chilonjiyda turkumi mevasining shifobaxshligi bilan juda qadrli. Xalq tabobatida qonni suyultirishda va qon bosimini tushirishda foydalaniladi.