CHIM DEVOR

CHIM DEVOR — Shahrisabz, kitob va ular atrofidagi qal’alarni o’ragan qadimgi mudofaa devorining qoldig’i (milodiy 6-asr). Chimdan barpo qilingani uchun shu nom bilan atalgan. Chim devor xarobalari 1870, 1959 yillarda tekshirilgan. 19-asr o’rtalarigacha bir necha marta ta’mirlangan. Chim devor bo’ylab bir qancha istehkom, rabot, burj va darvozalar qurilgan. Devorning tashqi tomonida xandaq qazilgan. Chim devor qoldiqlari sun’iy marza holida saqlangan, eni 10-12 metr, balandligi 3 metrgacha, uzunligi 90 kilometrdan ziyod.