CHOTTOPADDHAYA SHOROTCHONDRO
CHOTTOPADDHAYA SHOROTCHONDRO (1876.15.9, Debanandapur qishlog’i, Bengaliya — 1938.16.1, Kalkutta) — hind yozuvchisi. Bengal tilida ijod etgan. 1903-16 yillar Birmada yashagan. 20-asr boshlarida esa hind xalqining milliy ozodlik harakatida faol ishtirok etgan. Chottopaddhaya ijodida ham romantizm (1-yarmida), ham realizm (2-yarmida) unsurlarini ko’rish mumkin. Asarlarida Hindistondagi kastachilik tizimida hind ayolining taqdiri, hind jamiyati turli jabhalaridagi hayotiy masalalar aks ettirilgan. [«Qishloq jamoasi», 1916; «Yo’ldan adashganlar», 1917; «Yondirilgan uy», 1920, «Shrikanto» (1— 4qism), 1917— 33 va boshqalar]. «Yo’l bering» (1926) romani hind adabiyotida dastlabki siyosiy va antimustamlakaviy asardir. «Oxirgi savol» (1931) romani esa ma’naviy-axloqiy va diniy an’analarning bugungi kun bilan o’zaro munosabati muammosiga bag’ishlangan.