CHORTOQ SUV OMBORI
CHORTOQ SUV OMBORI — Namangan viloyatida Chortoqsoy daryosi o’zanida qurilgan suv ombori. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. 1-navbati 1975 yilda qurib tamomlangan. To’liq hajmi 30,0 million metr kub, to’g’oni balandligi 37 metr, maksimal suv o’tkazish imkoniyati 50 metr kub/sek. Namangan viloyatidagi Chortoq, Uchqo’rg’on tumanlaridagi ekinzorlarning suv ta’minotini yaxshilash imkoniyatini beradi.
O‘xshash so‘zlar
- CHORTOQ
- Chortoq
- Chortoq
- CHORTOQSOY
- CHORTOQ TUMANI
- Chortark gumbaz
- CHORTOQ MINERAL SUVI
- Chortoq// Chortoqboy






