CHIHIL SUTUN
CHIHIL SUTUN — Isfahon shahri (Eron) dagi saroylardan biri. Shoh Abbos I tomonidan 1590 yilda shaharni qayta qurish davrida bunyod etilgan. Shoh maydon va Chorbog’xiyoboni oralig’idagi bog’ning Sharq tomondagi eshigidan kiriladi. Asosiy qismlari peshtoq, ayvon, uning yonlaridagi 2 zal va simmetrik tarzda joylashgan arzxonadan iborat. Peshtoq shifti chinor daraxtidan ishlangan bo’lib, uning yopmasini muqarnas kallakli 20 ustun (balandligi — 14,6 metr) ko’tarib turadi. Peshtoq tagida favvorali hovuz tashkil etilgan. Hovuz burchaklaridagi ustunlarning marmar kursilari sher shaklida ishlangan. Shifti nafis naksh bilan bezalgan. Peshtoqning to’rida shohning taxti uchun tokchasimon ayvon kurilgan. Uning yarim gumbaz tarikasidagi yopmasi muqarnasdan tashkil topgan. Sirkor parchinlarga ega. Ayvonga 2 tomondan 2 zal tutash, ayvon va zallarning orqasida ko’ndalang yo’nalishdagi 3 gumbazli arzxona joylashgan. Uning devorlari syujetli sirkor suratlar bilan qoplangan. Gumbazlarning sirtlari ham sirkor naqshlar bilan ziynatlangan. Arzxonaning shimol va Janub tomonlarida ham chog’roq bo’lgan peshtoklar mavjud. Saroyning asosiy old va 2 yondagi peshtokdari imoratni atrofdagi muhit bilan bog’lab turadi. Ustunlar unga yengillik baxsh etadi. Chihil sutun saroyi qadimgi Eron davriga mansub bo’lgan yodgorliklardan. Xayrulla Po’latov.