CHOLG’ULASHTIRISH
CHOLG’ULASHTIRISH – musiqiy ijod turi; musika asarini muayyan cholg’u ansambl yoki orkestr (orkestrlash) tarkibi va ijrosiga mo’ljallab moslashtirish. Cholg’ulashtirish jarayonida kompozitor cholg’ular xususiyati va ifodaviy imkoniyatlari, shuningdek, asarning badiiy mazmunidan kelib chiqqan holda ovoz yo’llarining qaysi sozda ijro etilishini belgilaydi. Cholg’ulashtirish yangi asarni ijod etish paytida qamda mavjud asarni boshqa musika jamoasi ijrosiga moslashtirish (aranjirovka) jarayonida namoyon bo’ladi. Cholg’ulashtirish maxsus musiqa o’quv yurtlarida ixtisoslashgan fan sifatida o’qitiladi.