DALYONSOY

DALYONSOY (yuqori oqimida Sarimsoqlisoy) — Tojikiston Respublikasi O’ratepa tumanidagi soy. Sirdaryoning chap havzasidagi Kattasoyning o’ng irmog’i. Turkiston tizmasining shimoliy yon bag’ridan oqib tushadigan 10 ga yaqin irmoqlari bor. Uzunligi 26 kilometr. Dalyonsoy mavsumiy qor, yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 150 litr/sekund. Yoz va kuzda ko’pincha qurib qoladi.