Ummon
Rasmiy nomi — Ummon Sultonligi. Poytaxti — Maskat. Hududi – 309,5 ming km.kv. Aholisi – 3,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — arab. Dini — islom. Pul birligi — ummon riali. Geografik joylashuvi va tabiati. Arabiston yarimorolida joylashgan. janubi g’arbiy Osiyo davlati. G‘arbda Saudiya Arabistoni (chegara uzunligi 676 km), janubi g’arbda Yaman (288 km) davlati bilan chegaradosh. Mamlakatning sharqiy va janubiy qirg‘oqlarini Arab dengizi suvlari, shimoliy qirg’oqlarini Ummon ko‘rfazi suvlari yuvib turadi. Quruqlikdagi chegaralari- ning umumiy uzunligi 2092 km. Mamlakatning katta qismi tog’li hududlardan iborat. Ummon ko’rfazi qirg’oqlari bo’ylab Hojar tog‘i tik qoyalari yastanib yotibdi. Tog’lar va Ummon ko‘rfazi o‘rtasida tor Al-Botina pasttekisligi joylashgan. Mamlakatning markaziy qismida Rub-al-Xoli qumli cho’lining sharqiy chegarasi joylashgan. Ummon boy neft zaxiralariga ega bo’lib, foydali qazilmalardan mis, xrom va tabiiy gaz ham qazib olinadi. Iqlimi — quruq cho‘l zonasi. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — mutlaq monarxiya (sultonlik). Mamlakat tarkibiga 3 ta gubernatorlik (viloyat) — Maskat, Musondam, Zufar kiradi. Ummon 1650-yilda mustaqillikka erishgan (ilgari Portugaliya mustamlakasi). 18-noyabr amaldagi sultonning tug’ilgan kuni milliy bayram sifati- da nishonlanadi. Qonunchilik islom qonunlari va ingliz umumiy huquqiga asoslangan bo’lib, sulton Oliy sud instansiyasi hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig’i sulton (sulton Qabus ibn Said ibn Teymur davlatni 1970-yil 23-iyuldan buyon boshqarib kelmoqda). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy yig’in amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar taqiqlangan. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodi neftni qazib olish sanoatiga asoslangan. Neft yalpi milliy mahsulotning 40% ga yaqin qismini, eksportdan tushadigan daromadlarning 20% dan ziyodrog’ini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligida, baliqchilikni kiritgan holda, mehnatga layoqatli aholining 60% i band. Asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlari: xurmo, banan, chorvachilik ham rivojlangan. Yiliga 100 ming tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Singapur, AQSH.
Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 26000 km (shundan 6000 km asfalt yo’llar). Port shahri — Maskat. Tarixi. M. a. 536-yili zamonaviy Ummon hududi forslar tomonidan bosib olingan edi. Yangi davr bosh- larida 0‘rtayer dengizi hamda Osiyo davlatlari o’rtasidagi savdoning asosiy qismi Ummon orqali o‘tardi. VII asr o‘rtalarida Ummon mamlakatga islomni olib kirgan arablar tomonidan bosib olinadi. XVI asrda portugaliyaliklar Maskatni ishg’ol qiladilar, biroq 1650-yilda mamlakatdan yevropaliklami haydab chiqarib, Ummon mustaqillikni qo‘lga kiritadi. 1741-yilda mamlakatdan eronlik bosqinchilarni quvib yuborgan Ahmad ibn Said avlodi 1733-yili Maskat sultonligiga asos soladi. Ibn Saidlar hozirgi kunlarda ham shu shaharlarda hukmronlik qilmoqdalar. 1798-yili Maskat va Buyuk Britaniya o‘rtasida do‘stlik, savdo hamda kema qatnovlari to‘g‘risidagi shartoma imzolangan. Bu shartnoma muddatlari 1891-yil hamda 1970-yillarda mamlakat rahbari «Ummon sultoni» unvonini olganidan so’ng ikki marotaba qayta uzaytirilgan.