Boliviya

Rasmiy nomi — Boliviya Respublikasi. Poytaxti — Sukre (rasmiy hukumat joylashgan shahar La Pas). Hududi — 1098581 km.kv. Aholisi – 10 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ispan. Dini — katoliklar (95%), protestanlar (5%). Pul birligi — boliviano.   Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Boliviya shimolda va sharqda Braziliya, janubi sharq­da — Paragvay, g’arbda — Chili va Peru, janubda Argen­tina davlatlari bilan chegaradosh. Boliviyaning janubi g’arbi And tog’larida joylashgan. Ikkiga ajralgan tog‘ tiz- masi G’arbiy va Sharqiy tog’ tizmalariga ajralgan bo’lib, ularning orasida dengiz sathidan 4000 m balandlikda joy­lashgan Puna yassi tog‘ligi joylashgan. G’arbda yassi tog’lar, so’ngan vulqonlar zanjiri. Shu yerda dunyodagi eng sirli tog’ ko’li Titikaka joylashgan. Sharqda And tog’larining eng yuqori cho’qqilari Illimani (6682 m), Ankouma (6550 m), Illampu (6485 m) joylashgan. Iqlimi — tropik, subekvatorial. Asosiy daryolari: Benin Mamorye, Desaguadero, Madeyra (Amazonka- ning yirik irmog’i). Boliviyada ko’llar ko’p bo’lib, ularning orasida Titikaka va Poopo eng kattalari hisoblanadi. Boliviyada foydali qazilmalardan qalayi, rux, kumush, oltin, mis, qo’rg’oshin, volfram, surma, tabiiy gaz, neft zaxiralari mavjud. Sudralib yuruvchi hayvonlar, qushlar va hasharotlar ham keng tarqalgan.   Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat va hukumat boshlig’i — prezident. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat Vazirlar Mahkamasiga ham tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali, Senatorlar va Deputatlar palatasidan iborat — Milliy Kongress tamonidan amalga oshiriladi. Boliviya 9 de- partamentdan iborat respublika. Siyosiy partiyalari: Milliy inqilobiy harakat, So’l inqilobiy harakat, Milliy demokratik faoliyat, «Birdamlik» fuqarolik ittifoqi.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Boliviya tabiiy resurslarga boy bo’lishiga qaramasdan, Lotin Amerikasidagi iqtisodiy jihatdan eng qoloq mamlakatlardan biri. Asosiy sanoat tarmoqlari — tog‘- kon va tabiiy gaz qazib olish. Qalay, volfram, surma, rangli metallarni qazib olish bo‘yicha Boliviya dunyoda birinchi o’rinlardan birida turadi. Neftni qayta ishlash, metallga ishlov berish, to‘qimachilik sanoati, shu- ningdek, tamaki va oziq-ovqat ishlab chiqarish rivoj- langan. Madaniy o‘simliklardan kartoshka, sholi, boshoqlilar, shakarqamish, qahva o‘stiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Argentina, Braziliya, Peru, Chili, Yaponiya, YI mamlakatlari. Avtomobil va temiryo‘llardan tashqari ichki suv yo‘llari ham mavjud.   Tarixi. Titikaka ko‘lining janubida qadimda inklargacha bo‘lgan davrda Tiaxuanako davlati mavjud bo‘lgan. Bu davlat X asrgacha gullab-yashnagan. XIII asrda davlatni aymora hindulari, keyinchalik zamonaviy Boliviya hududini inklar ishg‘ol qildi. XVI asrda ispanlar bosib olib, Boliviya Peru vitse-qirolligi tarkibiga kirdi. 1825-yilda mustaqillik uchun kurash rahbari Simon Bolivar qo‘shinlari ispanlar ustidan g‘alaba qozondi. 1964-yilda harbiy to‘ntarish amalga oshirildi. Harbiy xunta bilan kurashish uchun inqilobiy harakat tashkil etilib, unga Ernesto Che Gevara boshchilik qildi. Mamlakatda bir necha marotaba davlat to’ntarilishlari boiib o‘tadi va 1982-yildagina hokimiyatni demokratik hukumat egallaydi.