DUBLETLAR

DUBLETLAR (Fransuzcha doublet — ikkilanma, qo’sh), spektral dubletlar — energiya sathining ikkiga ajralishi natijasida hosil bo’ladigan, birbiriga yaqin joylashgan spektr chiziqlar guruhi. Bitta tashqi elektronli atomlar (yoki ionlar) spektrlarida kuzatiladi. Dubletlar asosan ishkrrli metallarning atom spektrlariga tegishli; ularning atom spektrlari chiziqli, ya’ni har biri atom elektron qobiqlari orasidagi o’tish energiyasiga mos chiziqlardan iborat bo’ladi. Dubletlar orbital momentning elektron spini bilan ta’sirlashuvi natijasida holat energiyasi ikki tashkil etuvchiga ajralishidan hosil bo’ladi.