DE DYUV (DE DUVE) KRISTIAN RENE
DE DYUV (DE DUVE) KRISTIAN RENE (1917.2.10, Temsditton, Buyuk Britaniya) — belgiyalik biokimyogar. Tibbiyot Qirollik akademiyasi va Belgiya Fanlar Akademiyasi a’zosi. De qandli diabetni davolashda ishlatiladigan insulin hamda glyukagonning biokimyosini o’rgangan. Subhujayraviy tuzilma — lizosomalarni kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1974, J. E. Palade va A. Klod bilan hamkorlikda).