DEZINFEKTSIYA VOSITALARI
DEZINFEKTSIYA VOSITALARI — tashqi muhitdagi yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarini (odam, hayvon va o’simliklarda) yo’qotish uchun ishlatiladigan fizik va kimyoviy vositalar. Qaynatish, yuqori bosim b-n bug’lantirish, ultrabinafsha nurlar, quyosh nurlari va boshqa fizik Dezinfektsiya vositalari hisoblanadi. Kimyoviy Dezinfektsiya vositalaridan xlorli ohak, xloramin, lizol, karbol kislota, shuningdek, formalin, fenol, vodorod peroksid, margansovka va boshqalar qo’llaniladi.