DEPORTATSIYA
DEPORTATSIYA (lotincha deportatio — badarg’a, surgun qilish) — jinoiy yoki ma’muriy jazo chorasi sifatida davlatdan majburan chiqarib yuborish, haydash. Huquqda «Deportatsiya» termini Frantsiya jinoyat qonunchiligiga ko’ra, 18— 19-asrlarda qo’llanilgan surgunning alohida ko’rinishlarini anglatgan. Deportatsiyadan retsidivist jinoyatchilar bilan birga jamiyat uchun nomatlub kishilarni jazolashda foydalanilgan. Ko’pincha u yo bu davlatga g’ayriqonuniy kelib qolgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar Deportatsiya qilinadi. 1920-40 yillardagi ommaviy qatag’onlar davrida sobiq Ittifoqning ko’p xalqlari Deportatsiyaga duchor bo’lgan edi.