DETEKTOR

DETEKTOR (lotincha detector — sochuvchi) — 1) radiotexnikada — elektr tebranishlarni detektirlaydigan qurilma. Radioeshittirish, televizion ko’rsatuvlar, aloqa, o’lchash qurilmalari va boshqalarda yuqori chastotali modulyatsiyalangan tebranishlarni modulyatsiyalangan tebranish chastotalariga aylantiradi. Amplitudali, chastotali va fazali Detektorlarga bo’linadi; 2) zarralar va nurlarni aniqlaydigan asbob. Masalan, gamma-nurlar Detektorlari, neytron Detektorlari va boshqalar; 3) elektr o’lchash asboblarida — indikatorga ta’sir etadigan kam quvvatli to’g’rilagich; 4) yoruglik (fotoelement) va issiqlikni (termopara) aniqlaydigan qurilma.