DETONATOR
DETONATOR (lotincha detonare — portlamoq) — artilleriya va boshqa qurol-yaroqlarda asosiy zaryadni, shuningdek, yer qazish ishlarida yerga ko’milgan zaryadni portlatuvchi modda. Ishlash tarsi detonatsiya kapsulalari va shnurlarida qo’llaniladigan oson portlovchi moddaning boshqa moddalarni kuchli portlatishi xossasiga asoslangan. Termoyadro qurollarida plutoniy, uran izotoplari Detonator sifatida ishlatiladi. Bu izotoplar portlaganda termoyadro reaktsiyasi hosil qilish uchun zarur bo’ladigan bir necha o’n million daraja harorat vujudga keladi. Bunday Detonator tuzilishi jihatdan umumiy atom zaryadi (bombasi)dan deyarli farq qilmaydi.