DNEPROPETROVSK

DNEPROPETROVSK (1926 yilgacha Yekaterinoslav) — Ukrainadagi shahar, Dnepropetrovsk viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Temir yo’l tuguni. Aholisi 1134 ming kishi (1997). Qora metallurgiya (2 ta metallurgiya zavodi, 2 ta quvur prokati zavodi va boshqalar), mashinasozlik zavodi, og’ir press ishlab chiqarish birlashmalari, kon-shaxta, metallurgiya jihozlari, stanoksozlik, elektrovozeozlik, kombayn zavodlari, radiozavod va boshqalar, kimyo (plastmassa, shina ishlab chiqarish), koks kimyosi, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Ukraina Fanlar Akademiyasining ilmiy markazi, 9 oliy o’quv yurti (jumladan 2 universitet), 5 teatr (opera va balet teatri va boshqalar), 3 muzey (shu jumladan badiiy va tarixiy muzeylar) mavjud. Dnepropetrovskga 1776 yil asos solingan. Potyomkin saroyi (hozirgi Talaba saroyi, 18-asr oxiri), Preobrajenskiy kafedrali sobor (19-asr) saqlangan.