DISPROPORTSIYALANISH REAKTSIYASI

DISPROPORTSIYALANISH REAKTSIYASI — bir modda molekulalari yoki erkin radikallari o’rtasida atomlar yoki atom guruhlarining qayta taqsimlanishi. Buning natijasida modda ikki yoki undan ko’proq boshqa moddaga aylanadi, bulardan ba’zilarida atomlar yoki ularning guruhlari boshlangich moddadagiga nisbatan kamroq, ba’zilarida esa ko’proq bo’ladi. Disproportsiyalanish reaktsiyasining aksariyati oksidlanish-qaytarilish jarayonlaridan iborat bo’lib, bunda kislorod yoki vodorod atomlari qayta taqsimlanadi. Disproportsiyalanish reaktsiyasi kimyoda keng qo’llaniladi.