DIURON

DIURON, gerbatoks, dixlor-fenidim, karmeks (C,HI0ON2C12) — singib, tanlab ta’sir etuvchi gerbitsid. Rangi oq, 80%li ho’llanuvchan kukun. Paxtazorlarda, danakli va rezavor meva bog’larda, tokzorlarda bir yillik boshoqli (kurmak, itqo’noq) va ikki pallali begona o’tlarga qarshi qo’llaniladi. Bir yillik begona o’t (olabo’ta, machin, semizo’t, ituzum, shamak va boshqalar) larga 1,5 — 2,5 oy davomida ta’sir ko’rsatadi. Tuproq namligi ortgan sari preparatning gerbitsidlik xususiyati ham orta boradi. O’simlikka ildizi orqali shimiladi. Yerga ekish paytida lenta usulida, bog’larda erta bahorda begona o’tlar urug’i Ko’karmasdan oldin purkaladi. Sarf me’yori (ta’sir etuvchi modda hisobida) g’o’za uchun 0,4—1,6 kg/ga, mevali bog’larda 2,5—3,2 kg/ga, 0,5—1,75 kg/ga sarflanadi. Ish suyuqligi 100-150 l/ga. Zahari kam.