DIFENIL

DIFENIL, fenilbenzol (S6N5)2 — o’zaro bog’langan ikkita fenil radikalidan tashkil topgan rangeiz kristall modda. Suyuqlanish temperturasi 71°, qaynash temperaturasi 255°, zichligi 1156 kg/m3 (25°). Suvda erimaydi, spirt, efir, benzol va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Difenil termik barqaror modda. Sanoatda benzoddan piroliz yo’li bilan olinadi. Laboratoriyada Difenil benzol yodidga natriy yoki mis ta’sir ettirib, shuningdek, aromatik birikmalarni peroksid kislotalar ta’sirida oksidlash usuli bilan olinadi. Difenil bo’yoqlar ishlab chiqarishda muhim yarim xom ashyo hisoblanadi. Uning difeniloksid bilan aralashmasi issiqlik o’tkazuvchi modda sifatida ishlatiladi.